Matn yozing — ovoz bering
Matnni yozing yoki joylashtiring, ovozni tanlang — MP3 tayyor. 10 daqiqalik uzun matnlar ham bitta fayl bo’ladi.
BoshlashOvozlarni tinglashOvozlar kutubxonasi
- Klon yozuvingizni nusxalaydi: yozuvdagi shovqin, aks-sado va mikrofon sifati klonga ham o’tadi. Shuning uchun eng yaxshi mikrofonda va eng tinch xonada yozing.
- 20–30 soniya tabiiy ovozda, bir maromda va aniq talaffuz bilan o’qing. Yo’talmang, kulmang, to’xtab qolmang.
- Qanday ohangda o’qisangiz, klon ham shunday o’qiydi. Hikoya uchun hikoyachi ohangida, yangilik uchun diktor ohangida o’qing.
- Klon qisqa matnlarni yaxshiroq o’qiydi. Uzun matnda xato ko’paysa, sozlamalarda “Bo’lak uzunligi”ni kamaytiring.
- Biror so’z noto’g’ri o’qilsa, uni “Talaffuz lug’ati”ga qo’shing.
- Faqat o’z ovozingizni yoki ruxsat bergan odamning ovozini klonlang.
Tinch joyda mikrofonga 20–30 soniya tabiiy ovozda o’qing. Yozish bosilgach 1-2-3 sanaladi (xona sukunati o’lchanadi), “tut” dan keyin o’qiy boshlang. Shovqin “Ovoz yozish”dagi kabi tozalanadi. “Klonlash” bosilgach, ovozingiz “O’zbekcha” ovozlar ichida “Klon ovoz” kartasi bo’lib chiqadi.
Germaniya = Gyermaniya
Qo’shimchalar (Germaniyada, Germaniyaning…) o’zi ishlaydi. Matnni siz odatdagidek yozasiz.
- Mikrofon qanchalik yaxshi bo’lsa, ovoz shunchalik toza chiqadi. Oddiy USB yoki taqiladigan (petlichka) mikrofon ham noutbukning ichki mikrofonidan ancha yaxshi.
- Xona mikrofondan ham muhim: tinch va aks-sadosiz joy tanlang. Gilam, parda va yumshoq mebel aks-sadoni kamaytiradi, bo’m-bo’sh xona yoki hammomda esa aks-sado kuchli bo’ladi.
- Mikrofonni og’izdan 15–20 sm uzoqlikda, biroz yon tomonda tuting. Shunda “p” va “b” tovushlarida havo urilishi eshitilmaydi.
- Bir xil balandlikda, shoshilmasdan gapiring. Baqirmang va mikrofonga juda yaqin kelmang.
- Telefonda yozsangiz: tinch joyda, telefonni og’izdan 20 sm uzoqlikda tuting va diktofon ilovasida eng yuqori sifatni tanlang. Messenjerdagi ovozli xabarlar siqilgan bo’ladi, sifati past.
- Tayyor yozuv yuklasangiz, WAV yoki yuqori sifatli MP3 eng yaxshi natija beradi.
- Shovqin kamaytirish yordam beradi, lekin uni juda yuqori qo’ysangiz, ovoz “temir”dek bo’lib qoladi.
- Tinish belgilarini to’g’ri qo’ying: nuqta va vergul ovozga pauza va ohang beradi.
- Abzatslar orasiga bo’sh qator qo’ying, shu joyda uzunroq pauza bo’ladi.
- Raqam va qisqartmalarni so’z bilan yozing: “1886” o’rniga “bir ming sakkiz yuz sakson oltinchi”, “AQSh” o’rniga “Amerika Qo’shma Shtatlari”.
- Avval “Eshitish” bilan tekshirib ko’ring, keyin MP3 yarating. Pullik ovozlarda bu kredit tejaydi.
- Mavzuga mos uslubni tanlang: Hikoyachi, Hujjatli, Yangiliklar va boshqalar.
- Shovqin yoki nafas eshitilsa, sozlamalarda “Shovqinni tozalash” va “Nafas tovushlarini pasaytirish”ni yoqing.
- O’zbekcha matnda o’ va g’ harflarini to’g’ri yozing. Tarjima saytidan olingan matnni avval Notepad’ga joylab, keyin shu yerga ko’chiring.
- Uzun matn ko’proq vaqt oladi: 10 daqiqalik matn 1 daqiqaliksidan taxminan 10 barobar uzoq tayyorlanadi.
Sozlamalar
Xabarlar
Admin
Har bir odamga alohida kod bering. Kod bir marta ishlaydi.
Har 15 soniyada o’zi yangilanadi.
Ilova haqida
Matnni tabiiy ovozga aylantiruvchi xizmat. YouTube va Telegram kanallar, kurslar, reklama va hikoyalar uchun ovoz yaratishni oson, tez va arzon qiladi.
O’zbekcha, inglizcha, ruscha va boshqa tillarda o’nlab tabiiy ovozlar.
Inglizcha, ispancha, fransuzcha, hindcha va boshqa tillarda o’nlab tabiiy ovozlar.
Uzun matnni bir bosishda MP3 ga aylantiring: tezlik, pauza, uslub va effektlarni o’zingiz sozlaysiz.
O’z ovozingizni bir necha daqiqada yozib, matnlarni aynan o’z ovozingizda o’qiting.
Mikrofondan yozing — ilova shovqinni tozalab, tayyor MP3 qilib beradi.
Shovqin va nafas tovushlarini avtomatik pasaytirish.
Shaxsiy akkaunt va balans, kredit sotib olish, foydalanish shartlari va maxfiylik siyosati, aloqa ma’lumotlari.
© 2026 Ovozxona
Mening MP3 larim
Studiyada yaratilgan barcha MP3 fayllar.
Klon MP3 lari
Klon ovozingiz bilan yaratilgan MP3 fayllar.
Ovoz yozuvlarim
“Ovoz yozish” sahifasida saqlangan yozuvlar.